AsosiyJinoyat

Namanganda advokat 8 ming dollar pora olgan vaqtida "tuzoq"qa tushdi

'Namanganda advokat 8 ming dollar pora olgan vaqtida "tuzoq"qa tushdi'ning rasmi

Namanganda advokat 8 ming dollar pora olgan vaqtida "tuzoq"qa tushdi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Namangan shahridagi advokatlar hay`ati advokati viloyat IIB tomonidan JKning 168 va boshqa moddalari bilan qo`zg`atilib, hozirda JIB Namangan shahar sudida ko`rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo`yicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog`liq bo`lmagan jazo tayinlanishiga "yordam" bermoqchi bo`lgan. 

Evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta`kidlash lozimki, advokat muqaddam JKning 25,97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar