AsosiyJamiyat

1 iyuldan ayrim poezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi

'1 iyuldan ayrim poezdlar chiptalari narxi 25 foizga oshadi'ning rasmi

1 iyuldan mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlar — "Nasaf", "Sharq", "O`zbekiston" poezdlari chipta narxlarining tarif qismi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda "O`ztemiryo`lyo`lovchi" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Narxlar oshirilishi "yo`lovchi poezdlarda qo`shimcha servis xizmatlarini joriy etish, ularni yanada rivojlantirish, yo`lovchi vagon parklarini yangilash, modernizasiya qilish, yangi elektropoezdlarni xarid qilish, vokzallarni zamon talablariga moslashtirish" bilan izohlangan.

Masalan, 12, 4-sonli Toshkent — Qarshi yo`nalishi avvalgi narxlari ekonom — 150 600, biznes 218 244 so`m bo`lsa, yangi narxda ekonom — 178 250, biznes — 262 805 so`mni tashkil qiladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar