AsosiyDunyo

“Hizbulloh” Isroilga kamida 170 ta raketa zarbasini yo`llagan

'“Hizbulloh” Isroilga kamida 170 ta raketa zarbasini yo`llagan'ning rasmi

"Hizbulloh" Isroilga katta hajmda raketa zarbasini yo`lladi. Bu Livan — Isroil chegarasidagi chigallikni oshirishi mumkin. Bu haqda "Reuters" agentligi yozmoqda.

Livandagi xavfsizlik manbasining aytishicha, "Hizbulloh" 100 dan ortiq raketa otgan va bu guruhning oktyabr oyidan buyon amalga oshirgan eng katta havo zarbasi hisoblanadi.

"The Times of Israel" nashriga ko`ra, bugun kun bo`yi davomida guruh tomonidan Isroil tarafga kamida 170 ta raketa zarbasi uchirilgan. Zarit hududiga 10 ta raketa kelib tushgan, ularning bir qismi havo hujumi tizimi tomonidan tutib qolingan.

Eron tomonidan qo`llab-quvvatlanishi aytiladigan «Hizbulloh» va Isroil oktyabr oyida G`azo urushi boshlanganidan beri jangovar harakatlarni doimiy ravishda kuchaytirib kelayotgan edi. Seshanba kuni kechki payt Isroil kuchlarining Livan janubidagi Jouya qishlog`iga uyushtirgan zarbasi oqibatida "Hizbulloh"ning yuqori martabali dala qo`mondoni halok bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar