AsosiyDunyo

Uchinchi qavatdan uloqtirilgan qizaloq tirik qoldi

'Uchinchi qavatdan uloqtirilgan qizaloq tirik qoldi'ning rasmi

Berlinda uchinchi qavatdan tashlab yuborilgan chaqaloqning hayoti havf ostida emasligi haqida Bild nashri ma`lum qildi

Gap shundaki bir o`smir Altglinikke hududidagi ko`p qavatli uy yonidan o`tayotib erda yotgan mushuk savatchasini va  ingrash ovozini eshitadi. Yigit savatchani ochib, ichida og`ir yaralangan go`dakni ko`radi. 21 oylik qizaloqqa omad kulib boqadi: derazalar ostidagi katta buta uning 11 metr balandlikdan yiqilib qattiq tushishini yumshatgan va ehtimol, hayotini saqlab qolgan. Qizchaning qo`llari va oyoqlari singanligi aytilmoqda.

“Qiz yiqilishda olgan og`ir jarohatlari bilan darhol kasalxonaga olib ketildi”, deydi polisiya vakili.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, jinoyat sodir etilgan xonadonda 41 yoshli Chexiya fuqarosi ayol kichkina qizi, to`qqiz yoshli o`g`li va mushugi bilan bo`lgan. Tergovchilarning taxminiga ko`ra, ona tushkun holatda.

Hibsga olingan shaxs nima bo`lganiga izoh berishdan bosh tortdi. Bild nashrining yozishicha, ayolning yana to`rt nafar farzandi bor.

Qo`shnilarining so`zlariga ko`ra, u yolg`iz ona – “juda shirin so`z” va “mehribon”. Hozirda ayol ruhiy kasalliklar klinikasida, unga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.  

    Boshqa yangiliklar