AsosiyJamiyat

Sergeli mashina bozori yaqinida yong`in sodir bo`ldi (video)

'Sergeli mashina bozori yaqinida yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 13 iyun kuni soat 11:49 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, 6a daxasida ochiq maydonda quruq o`t va shox shabba  yonayotgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar FVB ma`lumot berdi.

Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 11:55 da o`chirilgan.

Sodir bo`lgan yong`in natijasida ochiq maydonda quruq o`t va shox shabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobil yonib zararlangan.


Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmadi.

    Boshqa yangiliklar