AsosiyJamiyat

Farg`onadagi bolalar bog`ida daraxtlar ataylab quritilayaptimi? (video)

'Farg`onadagi bolalar bog`ida daraxtlar ataylab quritilayaptimi? (video)'ning rasmi

Farg`ona shahar markazida joylashgan bolalar va o`smirlar bog`i bir vaqtlar yashil makondan iborat edi. O`rtada favvora, muzqaymoqxona, yana bir erida oshxona bo`lgandi. Ammo tadbirkorni fikri buzildimi yoki unda yangi g`oya paydo bo`ldimi bu erga ko`p qavatli uylar qurish uchun quruvchilarni yolladi. Ish boshlagan tadbirkor Prezidentimiz qarori bilan belgilab qo`yilgan, ya`ni daraxtlarni kesish mumkinmaligini o`qimagandi chog`i. O`sha vaqtda ijtimoiy tarmoq faollari bu erdagi qarib bir asrlik daraxtlarga zarar etkazilayotgani haqidi maqolalar bilan chiqish qildilar. Ana shu vaqtda qurilish ishlari to`xtalilgandi. Daraxtlar asrab qolingandi.    

Ma`lumotlarga qaraganda, Farg`ona shahar hokimligining 2013 yildagi 849-qarori asosida “Eksklyuziv yunipar” MChJ bolalar va o`smirlar bog`ini qurish uchun bu er ajratib berilgandi. 

Bu erni qog`ozdagi rasmiy rahbarini izlab topildi. Shu erda bo`lganlar avval Qo`qon shahrida istiqomat qilgan insonga tegishli bo`lgani, keyinchalik Samarqandlik tadbirkorga o`tgani, u ham kimgadir sotib yuborgani haqida ma`lumot berishdi. Farg`ona shahar soliq inspeksiyasi bergan ma`lumotiga ko`ra Husniddin Otaboevga tegishliligi ma`lum bo`ldi. Tadbirkorning  raqamini topilib, suxbatlashildi. 

 Ammo bu er Husniddin Otaboevga tegishli emas ekan. Undan so`ng Farg`ona shahar hokimining qurilish masalalari bo`yicha o`ribosari bilan bog`lanildi.

Ammo shahar hokimini qurilish masalalari bo`yicha o`rinbosari bu er 100 foiz obodonlashtirish departamentida ekanligini aytdi.

Bu manzil chiqindi bilan to`lgan. Sababi chiqindi qutilari ham mavjud emas. Tadbirkor tomonidan qurilgan ayvonchalar ham abgor ahvolga kelib qolgan. Elektr toki shitlari ham buzib tashlangan. Daraxtlar ham qurishni boshlagan. Yozning jaziramasida bu daraxtlarga suv quyilmas ekan qurib qolishi aniq.

Qachondir suv quyilgandir bu erga, ammo oxirgi bir oyi ichida emas. Chunki daraxtlarning barglari sarg`ayib erlar qurib ketgan. Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi Farg`ona viloyati boshqarmasi bu daraxtlarni asrab qolish uchun nega bor imkoniyatini ishga solmayapti?

Farg`ona shahar markazida joylashgan bu manzildan nahotki rahbarlar o`tmayotgan bo`lsa, sektor rahbarining nazari tushmayotgan bo`lsa? Prezidentimiz yashil makonlarni ko`paytirishni bod-bod takrorlayotgan bir vaqtda ko`p yillik daraxtlar ko`z o`ngimizda qurib ketaversa. Kecha maqtasa, maqtansa arzigulik bo`lgan bu manzil bugun abgor xolga kelib qoldi. Kim javobgar? Agar tadbirkorga bu manzil tegishli bo`lsa nega ma`sullar asrga teng daraxtlarni asrab qolish harakatida bo`lmayaptilar? Savollarimiz ko`p javob berguvchilar, harakatga kelguvchilar bormi?  

    Boshqa yangiliklar