AsosiyJamiyat

Istanbul-Qarshi-Istanbul yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftada bir marta, payshanba kunlari amalga oshiriladi

'Istanbul-Qarshi-Istanbul yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftada bir marta, payshanba kunlari amalga oshiriladi'ning rasmi

"Sharq Qanot" aviakompaniyasi Qarshi shahridan Istanbul shahriga yo`lovchi reyslarni amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar qildi.

Yangi reyslar Qarshi va Istanbul shaharlari o`rtasidagi sayohatni ancha qulaylashtiradi. Shu bois, Turkiyaning Istanbul shahridan uchgan samolyot Qarshi shahridagi xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi.

Aytish o`rinliki, mazkur reys Qarshi aeroportidan MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan birinchi muntazam aviaqatnovning ilk reysi sifatida tarixda qoladigan bo`ldi.

Bundan buyon “Qanot Sharq” Istanbul-Qarshi-Istanbul yo`nalishi bo`yicha haftada bir marta, payshanba kunlari Airbus A321 neo samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.

 

 

    Boshqa yangiliklar