“Ohangaron quvur metallurgiya zavodi” korxonasida viloyatda faoliyat yuritilayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan ochiq muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rahbari Kaxramon Umarov boshchiligida bir guruh bojxona xodimlari bilan tadbirkorlar, eksportyor va qayta ishlash korxona rahbarlari uchun ochiq muloqot tashkil etilib, Savdo-sanoat palatasi va Soliq boshqarmasi mas`ul xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
Uchrashuvning asosiy maqsadi, mamlakatimizda tadbirkorlik sub`ektlari uchun bojxona sohasida yaratilayotgan engilliklar, qulayliklar, xususan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi, “Eksport uch qadam” tizimining afzalliklar to`g`risida xabardor etish, muammolarni esa joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.
Raqamlarga ko`ra:
joriy yilning 5 oyi davomida
- 35 ta tashkilot tomonidan 611 partiyadagi,
- og`irligi 155,53 ming tonna, qiymati 81,56 mln AQSh dollariga teng bo`lgan tovarlar “qayta ishlash rejimiga” rasmiylashtirilgan bo`lib,
-2 768 partiyadagi, og`irligi 112,72 ming tonna, 140,47 mln AQSh dollariga teng bo`lgan tovarlar qayta ishlashdan so`ng eksportga olib chiqilgan.
“Eksport uch qadamda” loyihasi ishga tushgandan so`ng bugungi kunga qadar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi chegara bojxona postlarida “Eksport uch qadamda” tizimi orqali 155 ta deklarasiyalar rasmiylashtirilgan bo`lib, ushbu deklarasiyalarni rasmiylashtirish uchun o`rtacha 15-20 daqiqa vaqt sarflangan.
Korxona mutasaddilari bilan o`tkazilgan suhbat davomida tadbirkorlarning sohaga oid taklif va fikrlari, ularning mavjud muammolari o`rganildi.






