Toshkent shahridagi “Yapon bog`i” hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlari bajarilmoqda. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, raqamlashtirish jarayonida jami 582 tup mevali va manzarali daraxtning pasport ma`lumotlari shakllantirilib, unda daraxtning ekilgan sanasi, turi, geolokasiyasi, aylanasi, balandligi va tasviri ko`rsatilgan.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko`kalamzorlashtirish darajasini yanada oshirish va “Yashil Makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahridagi daraxtlarni pasportlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.






