O`zgidromet dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun va ertaga O`zbekiton hududi bo`yicha havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika hududining katta qismida 32-35o atrofida bo`lgan juda qulay havo harorati kuzatiladi. Faqat respublikaning shimolida, janubida va cho`l hududlarida kunduz kunlari havo 37-39o gacha isiydi.
16-18 iyun - Qurbon xayiti bayrami kunlarida respublika hududi bo`yicha yog`ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, havo harorati hududning katta qismida 36-39o gacha, shimolda, janubda va cho`l hududlarda 40-41o gacha ko`tariladi.
Respublikaning tog`li hududlarida 17-18 iyun kunlari kechga tomon ba`zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo`lgan qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Sharqiy yo`nalishdagi shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, 18 iyunda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chag-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: 14-15 iyunda havo asosan kam bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 32-35 daraja bo`ladi.
16-18 iyun kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o`zgaruvchan bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-38obo`ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.






