AsosiyJamiyat

50 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etish uchun O`zbekistonga keladi

'50 dan ortiq davlatdan 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etish uchun O`zbekistonga keladi'ning rasmi

2024 yilda O`zbekistonning axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi eng yirik ICTWEEK UZBEKISTAN haftaligi 17-20 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar qilmoqda.

20 yildan buyon o`tkazilayotgan haftalik IT servislar, Start-up’lar, autsourcing va investisiya uchun eng yirik maydon bo`lib, unda venchur dasturlar, autsorsing va BPO, elektron tijorat, sun`iy intellekt, IT echim provayderlari, raqamlashtirish va davlat xizmatlari, IT investisiya imkoniyatlari, davlat-xususiy sheriklik, AKT sohasida gender tengligi, ta`lim, AKT sohasida biznes hamkorlikni mustahkamlash kabi mavzularda 10 ta yirik forum va sammitlar o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Haftalik doirasida o`tadigan ICT Expo ko`rgazmasida yirik xorijiy va eksportga yo`naltirilgan mahalliy IT-kompaniyalar, FinTech, O`yin va robototexnika sanoati, Telekommunikasiya sohasi vakillari, ta`lim kompaniyalari, elektronika, dasturiy ta`minot va texnik xizmatlar va boshqa ko`plab kompaniyalar bilan muloqotlar bo`lib o`tadi.

Joriy yilda haftalikda kutilayotgan tashrifchilar soni 20 000 dan ortiq bo`lib, uchrashivlar B2B, B2C, B2G, G2C formatida bo`lib o`tadi.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar