AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari So`qoq va Chimyonga boruvchi yo`llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi

'Dam olish kunlari So`qoq va Chimyonga boruvchi yo`llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent viloyati Parkent tumani So`qoq va Qiziltog` qishloqlariga, shuningdek, Bo`stonliq tumani Chimyon qishlog`iga tashrif buyuruvchilar ko`payishi munosabati bilan 4R15 yo`lining bir qismida va 4R6 yo`lida harakat bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda viloyat IIB YHXB matbuot xizmatideya xabar qildi.

Qayd etilishicha, tirbandliklarni oldini olish maqsadida 16−17−18 iyun kunlari 4R15 Qiziltog` shahri — Parkent shahar — Yangibozor qishlog`i avtomobil yo`lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Ushbu o`zgarishda So`qoq dam olish maskaniga borgan haydovchilar uchun ushbu yo`lning 48 kilometrida Parkent shahriga avtomobil harakati to`liq cheklanadi va Toshkent shahriga 4R16 Bardanko`l qishlog`i — Jumabozor qishlog`i — Qiziltog` shahri avtomobil yo`li orqali qaytishlari mumkin bo`ladi.

Bo`stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi haydovchilar esa 4R6 Toshkent — Chirchiq — Chimyon avtomobil yo`lining 57-kilometridan boshlab mazkur yo`lning 92 kilometrigacha, ya`ni 4R10 avtomobil yo`li bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar