1

Toshkentda joriy yilda sodir bo`lgan avtohalokatlar soni ma`lum qilindi

Jamiyat 15.06.2024, 10:06
Toshkentda joriy yilda  sodir bo`lgan avtohalokatlar soni ma`lum qilindi

Toshkent shahar IIBB boshlig`i, general-mayor Aziz Toshpo`latov raisligida IIBB YHXB tomonidan 2024 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo`l qo`yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 5 oyi davomida Toshkent shahrida 393 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan bo`lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo`lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. 

YTH sabablari tahlili qilinganda, haydovchilar tomonidan yo`l harakati qoidalarga rioya qilmasligi, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo`lni kesib o`tishi natijasida sodir etilganligi 99 foiz holatlarda qayd etilgan.  

Poytaxt IIBB boshlig`i YTHni oldini olish maqsadida har bir avariya o`choqlarini tahlil qilish, tahlil asosida zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, haydovchilar va piyodalar o`rtasida yo`l harakati qoidalariga rioya etish bo`yicha profilaktik targ`ibot choralarini yanada kuchaytirish kerakligini ta`kidladi.

Uchrashuvda shuningdek, Ro`yxatdan o`tkazish va imtihon olish  bo`limi faoliyatiga to`xtalib, fuqarolarga qo`shimcha qulaylik yaratish hamda xodimlar o`rtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida “Yunusobod”, “Chilonzor”, “Uzbum-Mirobod”, “Fayzobod” ro`yxatlash bo`linmalarida 3 bosqichli yangi elektron tizim joriy etilganligiga alohida to`xtaldi. Bunda, aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish bilan bog`liq barcha jarayonlar elektron qurilmalar va Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi nazarda tutilganligi, biroq ayrim hollarda xodimlar tomonidan bu tizimdan to`liq foydalanilmayotganligi tanqid qilindi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1