1

AQSh uch nafar o`zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar “qora ro`yxati”ga qo`shdi

Dunyo 15.06.2024, 11:36
AQSh uch nafar o`zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar “qora ro`yxati”ga qo`shdi

AQSh davlat departamenti uch nafar o`zbekistonlikni IShIDga aloqadorlar ro`yxatiga qo`shdi. Ular AQSh Turkiya bilan hamkorligida IShIDga aloqador “qora ro`yxat”ga qo`shildi.

Jumladan, Muhammadyusuf Alisher o`g`li Mirzoev — 2023 yilda IShID bilan bog`liq “harbiy” o`quv lagerini tashkil etish ishlarida ishtirok etgan.

Muhammad Ibrohimjon Niyozov — IShID a`zolariga ma`muriy va logistik yordam ko`rsatgan.

Olimxon Mahmudjon o`g`li Ismoilov — IShID bilan bog`liq kontrabanda tarmog`i a`zosi.

Mazkur shaxslarning AQShdagi yoki AQSh fuqarolari nazoratidagi barcha mulklari va mol-mulk manfaatlari bloklanadi. Ular bilan muayyan operasiyalarni amalga oshirgan har qanday AQSh yoki xorijlik fuqarolar sanksiyaga uchrashi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1