AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus butunlay yonib ketdi

'Toshkentda avtobus butunlay yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 15 iyun kuni Toshkent shahriningSergeli tumanida Mercedes-Benz rusumli avtobus yonib ketdi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB YHXB matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Holat soat 11:35 larda Sergeli tumani Lutfikor ko`chasida sodir bo`lgan. Unda Mercedes-Benz rusumli transport vositasida yong`in kelib chiqqan. Yong`in tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.

Ma`lum bo`lishicha, avtobusning gidrostat qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida yong`in sodir bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar