1

Rossiyada Hamster Combat o`ynagan bola vafot etdi

Dunyo 15.06.2024, 22:16
Rossiyada Hamster Combat o`ynagan bola vafot etdi

Rosiyaning Samara viloyatida 13 yoshli o`smir vafot etdi. Bu haqda zamon.uz habar berdi.

U o`yinga shunchalik mukkkasidan ketgan ediki, zaryadkada turgan telefoni bilan vannaga kirgan.

Shu payt telefon bolaning qo`lidan suvga tushib ketib, elektr toki urgan va voqea joyida vafot etgan.

Zudlik bilan chaqirilgan shifokorlar o`smirning hayotini saqlab qola olishmadi, ular faqat o`lim holatini tasdiqlashdi xolos.

Marhumning ota-onasi so`nggi paytlarda bolani o`yindan uzoqlashtirishning iloji bo`lmaganini aytishgan.

Eslatib o`tamiz, kuni kecha Rossiyaning Tyumen viloyatida Hamster Combat o`yiniga berilib ketgan bola kam uxlash oqibatida ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qolgani xabar qilingandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1