AsosiyJinoyat

Xodimlarini urgan bog`cha mudirasi jazolandi

'Xodimlarini urgan bog`cha mudirasi jazolandi'ning rasmi

Andijonda xodimlariga qo`pol munosabatda bo`lib, ularni urgan bog`cha mudirasi jazoga tortildi. Bu haqda Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, holat joriy yilning 19 iyun kuni viloyatning Andijon shahridagi 6-Davlat Maktabgacha ta`lim tashkilotida sodir bo`lgan.

Keltirilishicha, ushbu holatda pedagogik etika qoidalariga zid harakatlarga yo`l qo`yganligi uchun Maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbari M.A.ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.

Bundan tashqari, tashkilot mehnat jamoasiga faoliyat davomida pedagogik madaniyat me`yorlariga rioya etish zarurligi hamda ta`lim imijiga salbiy ta`sir etuvchi yuqoridagidek vaziyatlarga qayta yo`l qo`ymasliklari lozimligi to`g`risida ogohlantirishlar berilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar