AsosiyJinoyat

Sayxunobod tuman hokimi o`rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo`lga olindi

'Sayxunobod tuman hokimi o`rinbosari 25 ming dollar pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Sirdaryo, Toshkent va Farg`ona viloyatlarida er maydonlarini noqonuniy sotish holatlari aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimining qishloq va suv xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari qishloq xo`jaligi mahsulotlari etishtirish bilan shug`ullanmoqchi bo`lgan tadbirkorga qo`shni Sardoba tumani hududidan 6 gektar er maydoni olib berish evaziga 20 ming AQSh dollari hamda viloyat O`rmon xo`jaligi boshqarmasi tasarrufida bo`lgan va Sayxunobod tumani hududida joylashgan 50 sotix er maydonini engil konstruksiya ko`rinishida qurilish qilishi uchun ijara shartnomasi asosida rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSh dollari, jami 25 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs so`ralgan pul mablag`ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xo`jalik rahbari xo`jalikning 3,37 gektar erini hamda o`zboshimchalik bilan egallab olingan qo`shimcha er maydonini – jami 7 gektar er maydonini sirdaryolik xaridorga 2 mln. AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 200 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Toshkent viloyatining Yangiyo`l tumanida yashovchi, 1975 y.t., muqaddam sudlangan shaxs o`zining o`g`lini nomida bo`lgan mas`uliyati cheklangan jamiyatga investisiya kiritish sharti bilan issiqxona qurish uchun tuman hududidan ajratib berilgan 2 gektar er maydonini hokimiyat tizimidagi mansabdor tanishlari orqali, 50 ta kottej qurmoqchi bo`lgan xaridor nomiga o`tkazib berish evaziga 500 ming AQSh dollari, shuningdek, turmush o`rtog`ining nomidagi mas`uliyati cheklangan jamiyatga qarashli, Yangiyo`l shahrida joylashgan bino va uning 486 m2 er maydonini ham xaridorga sotish va u erda 12 qavatli uy qurishi uchun mas`ul idoralardan ruxsat olib berish evaziga 440 ming AQSh dollari, jami 940 ming AQSh dollari talab qiladi.

Ammo, u so`ralgan pul mablag`idan 400 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga tushgan.

Toshkent viloyatining Yangiyo`l shahrida yashovchi, 1987 y.t. shaxs aldov yo`li bilan o`zganing ishonchiga kirib, unga “Xalq banki”ning viloyat filiali balansida turgan va “E-Auksion” portali orqali savdoga chiqarilgan – Quyichirchiq tumanidagi 13,05 gektar er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali olib berish evaziga 260 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 130 ming AQSh dollari olgan vaqtida qo`lga olingan.

Farg`ona viloyatining Quva tumanidagi fermer xo`jalik rahbari tuman hokimining 2015 yildagi qarori bilan paxtachilik va g`allachilik yo`nalishida foydalanish uchun ajratib berilgan er maydonining 5,5 gektar qismini xaridorga 150 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelgusida er maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, u so`ralgan jami 190 ming AQSh dollaridan 120 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar