AsosiyJinoyat

Andijonda kuyovning 68 ta jarimasini qaynotasi to`ladi

'Andijonda kuyovning 68 ta jarimasini qaynotasi to`ladi'ning rasmi

Kuyov xotinining nomidagi Lacetti’da 68 ta jarimaga tushgani sabab mashina jarima maydoniga qo`yilgan. Qaynota jarimalarni to`lab, mashinani olib chiqib berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Matbuot xizmati xabari berdi.

Andijon shahrida yashovchi M.A. turmush o`rtog`ining egaligida bo`lgan Lacetti avtomashinasini boshqarib, yo`llarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda me`yoridan oshirib kelgan. Natijada, 68 marotaba ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan. 

Viloyat IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo`limiga kelib tushgan jarima solish to`g`risidagi 68 ta qarorlarga muvofiq M.U.dan jami 28 mln so`m undirilishi belgilangan.

"Bo`lim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini to`lashi yuzasidan ogohlantirgan. Shuningdek, qarzdorlik to`lanmagani sababli Lacetti rusumli avtomashina jarima maydoniga olib kirib qo`yilgan.

Shu sababli, kuyovi M.A. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 mln so`m miqdoridagi ma`muriy jarimalarni to`lab berishini bildirdi va qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqdi",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar