AsosiyDunyo

Tojikistonda “milliy madaniyatga yot” kiyimlar kiyish taqiqlandi

'Tojikistonda “milliy madaniyatga yot” kiyimlar kiyish taqiqlandi'ning rasmi

Tojikiston qonunchiligiga yangi o`zgarish kiritildi. Endi  “milliy madaniyatga yot” kiyimlar kiyganlar jarimaga tortiladi. Biroq hozircha qaysi turdagi kiyim-kechaklarni sotish va kiyish taqiqlangani aniq ko`rsatilmagan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Xabarga ko`ra, mamlakatdagi ko`plab ayollar ijtimoiy tarmoqlarda hukumat amaldorlari hijobli ayollarni ko`chada to`xtatib, hijobini echishni yoki ro`mol qilib o`rashni talab qilayotganidan shikoyat qilmoqda.

Hijobli ayollarni poliklinikalar va shifoxonalarga kiritmaslik holatlari ham bo`lgan. Bundan tashqari, Dushanbedagi kiyim-kechak bozorlarida sotuvchilarga hijob sotish taqiqlangan.

    Boshqa yangiliklar