Farg`ona viloyati Dang`ara tumanida masjidda tahorat olayotgan tanishini pichoqlagan erkakka sud hukmi o`qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, erkak jabrlanuvchining bosh, bo`yin, ko`krak va qorniga bir necha marotaba pichoq sanchib, voqea joyidan qochib ketgan. Pichoqlangan fuqaroga ko`rsatilgan tibbiy yordam sabab uning hayoti saqlab qolingan.
"Ayblanuvchi kuchli ta`sir qiluvchi modda iste`mol qilgani uchun sarhush holatda bo`lgan. Unga nisbatan 11 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o`talishi belgilandi",– deyiladi xabarda.