DXX Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o`tkazdi.
Buxoro shahrida joylashgan Geodeziya va topo xaritalar tuzish bilan shug`ullanuvchi mas`uliyati cheklangan jamiyat rahbari mahalliy qurilish firmasiga qarashli 701 m2 bo`lgan er maydonida ko`p qavatli uy qurish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig`ini vakolatli tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 25 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 12500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, undan arxitektura-rejalashtirish topshirig`ini tayyorlab berish evaziga 5000 AQSh dollari olgan vaqtida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi bosh boshqarmasida bo`lim boshlig`i lavozimida ishlovchi mansabdor tanishi ham ushlandi.