AsosiyJamiyat

Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi

'Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi'ning rasmi

Bugun bo`lib o`tgan Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi

Muhokama yakunida Senatning O`zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasiga asosan:

 Muzaffar Zafarovich Kukievni besh yillik muddatga O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining doimiy asosdagi a`zosi – O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining sudyasi lavozimiga;

 Xudoyqul Tojievich Azizov, Askarjon Boyisovich Gafurov va Ahrorxon Muminovich Xashimxonovni besh yillik muddatga Sudyalar oliy kengashining jamoatchilik asosidagi a`zosi lavozimiga saylash to`g`risidagi qarori qabul qilindi.

Eslatib o`tamiz, qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining  o`n bir nafar azosi o`z faoliyatini doimiy asosda, etti nafari jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Sudyalar oliy kengashining barcha a`zolari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga asosan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

 

    Boshqa yangiliklar