AsosiyJamiyat

Hududda velosport-shosse turi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkaziladi

'Hududda velosport-shosse turi bo`yicha kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkaziladi'ning rasmi

Bo`stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo`li velosport musobaqasi uchun ma`lum vaqtga yopiladi.

Sportning velosport-shosse turi bo`yicha kattalar ( erkaklar va ayollar) o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 25-26 iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 «Bektemir-Chorbog` q.» avtomobil yo`lining 34 va 54 kilometrlari oralig`ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, G`azalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.

Bo`stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqorolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar