1

Samarqandda o`gay ota 6 yoshli farzandini kamar bilan ayamay kaltakladi (video)

Jamiyat 28.06.2024, 12:05
Samarqandda o`gay ota 6 yoshli farzandini kamar bilan ayamay kaltakladi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kichik yoshdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmanining aniqlashicha, ushbu holat joriy yilning 23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bo`lgan. 

1988 yilda tug`ilgan erkak Sh.N. o`zi bilan birga 2024 yildan shar`iy nikohda bo`lgan T.D. ning 2017 yilda tug`ilgan 6 yoshli farzandi E.O.ni yashash xonadoni hovlisida qo`lida bo`lgan kamar bilan kaltaklagan. Holat yuzasidan 24 iyun kuni tergovga qadar tekshiruv boshlangan. Voyaga etmagan E.O.da tan jarohatlari aniqlanib, hozirda bolaga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda. Bu borada sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Zo`ravon erkak Toyloq tumani tibbiyot birlashmasi tibbiy ko`rigidan o`tkazilganda, uning ruhiyatida o`zgarishlar borligi aniqlanib, viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Bolaning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlandi.

Ushbu holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi TB tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1