1

Eronda prezidentlik saylovi boshlandi

Dunyo 28.06.2024, 14:41
Eronda prezidentlik saylovi boshlandi

Eronda 28 iyun kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovlari boshlandi. Prezidentlik kursisi uchun to`rt nafar nomzod da`vogarlik qilmoqda. Bu haqda “Tasnim” axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakatning rahnamosi Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy saylov jarayonlari boshlanishi bilanoq ovoz berdi va barcha eronliklarni saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi. 

Shuningdek, u ovoz berganidan keyin Eron xalqi uchun eng yaxshi kunlar va yillar kelishini so`rab duo qilgan. Saylov kunini eronliklar uchun “baxt va shodlik kuni” deb ta`riflagan. Xomanaiy saylovda ishtirok etish har narsadan muhim ekanini ta`kidlagan.

Saylov shtabi vakili Muhsin Islomiyga ko`ra, saylov uchastkalari soat 17:00 da yopiladi, biroq agar zarur bo`lsa, ularning ish soati uzaytiriladi. Uchastkalarda xavfsizlikni ta`minlash uchun 180 ming nafar polisiya xodimi jalb qilingan.

Eron prezidenti bo`lish uchun kurash Muhammad Boqir Qolibof (parlament spikeri), Said Jaliliy (diniy rahnamoning mamlakat xavfsizlik kengashidagi vakili), Mustafo Purmuhamammadiy (ichki ishlar va adliya vazirliklarining sobiq rahbari) hamda Mas`ud Pezeshkiyon (sobiq sog`liqni saqlash vaziri) o`rtasida kechmoqda.

Saylovga oz qolganida Tehron shahri hokimi Alirizo Zakoniy o`z nomzodini qaytarib oldi. U nomdor konservator siyosatchilar Jaliliy va G`olibof o`z kuchlarini islohotchi Pezeshkiyonga qarshi birlashtirishini istab, shu yo`lni tutgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1