AsosiyJamiyat

Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko`paydi

'Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko`paydi'ning rasmi

Notarial idoraga bormasdan amalga oshiriladigan notarial harakat turlari ko`paydi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, endilikda fuqarolar:

- er va xotinning umumiy mol-mulkni, shu jumladan ko`chmas mulkni tasarruf etish bo`yicha bitim tuzish uchun xotin (er)ning rozilik arizasini;

- avtomototransport vositasini tasarruf etish (sotish, hadya, qilish, ayirboshlash, garovga qo`yish va boshqa turdagi tasarruf qilish) ishonchnomasini;

- hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to`g`ri tarjima qilinganligini shahodatlashni videokonferensiya orqali (onlayn) notarial rasmiylashtirishlari  mumkin.

«E-notarius.uz» axborot portali orqali notarial harakatlarni dunyoning istalgan joyidan turib rasmiylashtirish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar