AsosiyJamiyat

1 mlrd 200 mln so`mlik soxta pullar yondirib tashlash yo`li bilan yo`q qilindi

'1 mlrd 200 mln so`mlik soxta pullar yondirib tashlash yo`li bilan yo`q qilindi'ning rasmi

Navoiy shahri atrofidagi hududda 1 mlrd 200 mln so`mlik soxta pullar yondirib tashlash yo`li bilan yo`q qilindi. Bu haqda Navoiy viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Shuningdek, 13 ming 600 quti tamaki mahsulotlari, 30 dona elektron sigaret, 126 million so`mlik tibbiy vositalar ham yoqib yuborilgan.

Yuqoridagi mahsulotlar tezkor tadbirlar davomida noqonuniy faoliyatdan olib qo`yilgan.

Amaldagi qonunchilikka ko`ra, chetdan noqonuniy olib kirilgan, huquqbuzarlardan olib qo`yilgan tamaki mahsulotlari va tibbiyot vositalari sud qaroriga asosan tegishli tartibda yo`q qilinadi.

    Boshqa yangiliklar