1

Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy ko`chalarida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan murojaat qilishlari so`ralmoqda

Jamiyat 01.07.2024, 11:43
Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy ko`chalarida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan fuqarolardan murojaat qilishlari so`ralmoqda

Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan “HUMO AZIYa” MChJ rahbari Jamshid Karimov tomonidan qurilayotgan ko`p qavatli uylarda sodir etilgan qonun buzilish holatlari yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ayblanuvchi Jamshid Karimov tomonidan Buxoro shahrining Islom Karimov hamda Sadriddin Ayniy ko`chalarida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni sotib olish uchun shartnoma imzolagan va tergov organi tomonidan bugungi kunga qadar tegishli tartibda jabrlanuvchi sifatida e`tirof etilmagan fuqarolar, zudlik bilan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limiga yoki quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`ralmoqda.

(65) 222-59-00, (91) 244-40-40, (91) 401-07-02


 


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1