AsosiyDunyo

O`mon O`zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

'O`mon O`zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi'ning rasmi

O`mon O`zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo`lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda O`monning O`zbekistondagi elchixonasi ma`lum qildi, deya xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan ko`proq vaqt mobaynida bo`lishni istagan o`zbekistonliklar O`monga kirish paytida aeroportning o`zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.

Qayd etish kerakki, O`zbekiston Prezidentining 2021 yil 9 fevraldagi "O`zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 martdan boshlab O`mon fuqarolari uchun O`zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar