1

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan holatga oydinlik kiritildi

Jamiyat 02.07.2024, 09:10
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`layotgan holatga oydinlik kiritildi

Ijtimoiy tarmoqlar hamda axborot saytlarida elektr energiyasi iste`moli noto`g`ri hisoblanayotgani haqida xabarlar va buni boshqa iste`molchilar tomonidan o`z ma`lumotlari asosida tasdiqlovchi sharhlar e`lon qilindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur holatlar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qildi.

“Ayni kunda butun respublikamiz bo`ylab elektr energiyasi hisobini yuritayotgan “Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi ” (ASKUE) tomonidan avtomat ravishda iste`mol qilingan elektr energiyasini har bir iste`molchi bilan hisoblashning sutkalik, oylik va yillik nazoratini olib boradi va buni shaffof ravishda har bir fuqaro kuzatib borish imkoni yaratilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bunday xabarlarnig kelib chiqishining asosiy sababi ayrim to`lov tizimlarining “Hududiy elektr tarmoqlar” AJ bilan kelishmagan holda, go`yoki iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ma`lumotlar chiqarilganligi sababli ko`plab iste`molchilarda mana shunday tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

Iste`molchilar tomonidan kunlik iste`mol sifatida ko`rsatilgan ko`rsatkichlar aynan sutkalik iste`mol ko`rsatkichlari ekanligini ma`lum qilamiz.

Iste`molchilardan elektr energiyasi hisobi ko`rsatkichlari to`g`risida aniq va to`g`ri ma`lumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-saytidaga “ Shaxsiy kabinet " orqali olishlarini tavsiya qilamiz“, - deyiladi xabarda.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qo`llanma.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1