1

Fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo`l qo`yilmaydigan vaqtlar oralig`i belgilanmoqda

Jamiyat 02.07.2024, 10:24
Fuqarolarning osoyishtaligini buzishga yo`l qo`yilmaydigan vaqtlar oralig`i belgilanmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda “Aholini shovqinning zararli ta`siridan himoya qilish to`g`risida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi aholini shovqinning zararli ta`siridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Loyihada atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta`sir ko`rsatganlik uchun kompensasiya to`lovlari, aholini shovqinning zararli ta`siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo`yilmoqda.

Qonun loyihasi bilan fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlarning qat`iy ro`yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo`l qo`yilmaydigan vaqtlar oralig`i belgilanmoqda.

Fraksiya a`zosi Turganbay Xojanazarov qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta`siridan himoya qilishga xizmat qilishi, bu o`z navbatida partiya dasturiy maqsadlari saylovoldi dasturlaridagi bosh g`oya hisoblanmish fuqarolarning sog`lig`ini saqlash, ularning qulay atrof-muhitga ega bo`lishligini ta`minlash kabi maqsadlarga hamohang ekanligi qayd etildi.

Majlis so`nggida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o`qishda qo`llab-quvvatlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1