Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliev, Armaniston bilan tinchlik kelishuvining asosiy sharti, Ozarboyjonga qarshi hududiy da`volarni o`z ichiga olgan Armaniston konstitusiyasini o`zgartirish ekanligini aytdi. Uning so`zlariga ko`ra, bu o`zgarishlarsiz shartnoma imzolanmaydi.
Ozarboyjon Prezident ma`muriyati tomonidan berilgan bayonotga ko`ra, Kanadaning Bokudagi yangi elchisi Kevin Hamilton Alievga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Ishonch yorliqlarini qabul qilgan Aliev elchi Hamilton bilan suhbatlashdi.
Elchining aytishicha, Ozarboyjon va Armaniston o`rtasida keng qamrovli tinchlik shartnomasi imzolansa, o`z mamlakatining ham Ozarboyjon, ham Armaniston bilan aloqalari yanada rivojlanadi.
Hamilton, Kanada har doim Ozarboyjon suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlaganini aytdi.
Aliev o`z navbatida, Armaniston bilan imzolanadigan tinchlik shartnomasi Ozarboyjonning biron bir davlat bilan munosabatlarida muhim rol o`ynay olmaydi, deb o`ylamasligini ta`kidladi.
Prezident Ozarboyjon bilan Evropa Ittifoqining 10 ta davlati o`rtasida strategik sheriklik deklarasiyasi imzolangani va bu imzolarning aksariyati 2-Qorabog` urushi oldidan qo`yilganini ta`kidladi: “Shu nuqtai nazardan, Armaniston va Ozarboyjon o`rtasida tinchlik shartnomasining yo`qligi hech qanday muammo tug`dira olmaydi”.
Aliev, ba`zi davlatlar Armanistonning ishg`oliga nisbatan sukut saqlaganliklarini va Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini qo`llab-quvvatlamaganliklarini eslatgan.
02.07.2024 22:17