1

Buyuk Britaniya O`zbekiston uchun ajratgan bo`sh ish o`rinlari sonini oshirishi mumkin

Jamiyat 03.07.2024, 18:00
Buyuk Britaniya O`zbekiston uchun ajratgan bo`sh ish o`rinlari sonini oshirishi mumkin

Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xabariga ko`ra,  Britaniya O`zbekiston uchun ajratgan bo`sh ish o`rinlari sonini oshirishi mumkin.

Ma`lum qilinishicha, ayni kunlarda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutaxassislari xizmat safari bilan Angliyada bo`lib turibdi. Mas`ullar ish beruvchi kompaniya vakillari bilan uchrashuvlar o`tkazib, Angliyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarning ish jarayonlari hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

Herefordshire shahrida Hops ish beruvchi kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o`tkazildi. Unda Angliyaga kelib ishlovchi nomzodlarga qo`yiladigan talablar, til o`rgatish, nomzodlarni saralash jarayonlari xususida suhbatlashildi.

Muloqotda, shuningdek, O`zbekiston bilan mehnat sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, mamlakat uchun ajratilgan bo`sh ish o`rinlari sonini oshirish bo`yicha takliflar o`rtaga tashlanib, kelgusida ayni yo`nalishda birgalikda ishlashga kelishib olindi. 

Hops kompaniyasi joriy yil boshidan bugungi kunga qadar 2161 nafar o`zbekistonlikni Angliyada vaqtincha ish bilan ta`minlagan. 

Bundan tashqari, mutaxassislar ushbu davlatning Herefordshire shahridagi Woodfields fermasida mehnat qilayotgan yurtdoshlar bilan uchrashib, ularning ish faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Samimiy va do`stona uchrashuvda hamyurtlarni o`ylantirayotgan masalalar hamda ularning takliflari ham tinglandi. Bugungi kunda Woodfields fermasida 20 nafardan ortiq o`zbekistonlik yig`im-terim ishlarida ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1