1

Taxiatoshlik ota sud zalida farzandlariga aliment o`rniga uy hadya qildi

Jamiyat 03.07.2024, 21:08
Taxiatoshlik ota sud zalida farzandlariga aliment o`rniga uy hadya qildi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi onaning foydasiga tarbiyasidagi uch nafar farzandining ta`minoti uchun qarzdor otadan har oydagi jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Aliment pullarini o`z vaqtida to`lamaganligi sababli MIBning Taxiatosh tuman bo`limi tomonidan  erkakning O`zbekistondan chetga chiqish huquqiga nisbatan cheklov o`rnatilgan.

Uning alimentdan qarzdorligi 36 mln. so`mdan oshib ketganligi sababli, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha Taxiatosh tuman sudiga o`tkazilgan.

Sud zalida qarzdor o`ziga tegishli bo`lgan, Taxiatosh tumani, Nayman OFY.da joylashgan ikki xonali uyini farzandlari voyaga etgunga qadar to`lanishi lozim bo`lgan aliment evaziga undiruvchiga hadya etgan.

Shu munosabat bilan, undiruvchi E.T. aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatini ijro etmasdan qaytarishni so`ragan va ijro ishi tamomlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1