1

Ozodbek Nazarbekov kiyim do`koni reklamasida ko`rinish berdi

Jamiyat 03.07.2024, 21:48
Ozodbek Nazarbekov kiyim do`koni reklamasida ko`rinish berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do`konini reklama qilib chiqdi. Mazkur holat tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo`lib, qonunbuzilish ekanligi ta`kidlanmoqda.

Raqobat qo`mitasi tomonidan holat yuzasidan “Reklama to`g`risida”gi qonun doirasida o`rganish ishlari olib borilayotganini aytildi.

-Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.

Yuqoridagilarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Qo`mita tomonidan O`zbekiston Respublikasining "Reklama to`g`risida”gi Qonuni doirasida o`rganish ishlari olib borilayotganligini ma`lum qilamiz, - deyiladi qo`mita bayonotida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1