AsosiyJamiyat

Ozodbek Nazarbekov kiyim do`konini reklama qilganiga izoh berildi

'Ozodbek Nazarbekov kiyim do`konini reklama qilganiga izoh berildi'ning rasmi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O`zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.Nazarbekov kiyimlar do`konini reklama qilganligi haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Madaniyat vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etiligicha, O.Nazarbekov “The Voice of Uzbekistan” loyihasi hakamlar hay`ati a`zosi sifatida “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar do`koniga tashrif buyurib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.

Libos tanlash jarayonida lavhada aytib o`tilganidek, O.Nazarbekov milliy brend rivoji uchun o`zining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib o`tgan. Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yo`lga qo`ygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo`llab-quvvatlash nazarda tutilgan.

Ya`ni, bundan O.Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi ko`zlanmagan.

O.Nazarbekov Madaniyat vaziri, qolaversa, O`zbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida O`zbekiston Respublikasining barcha qonunlarini hurmat qiladi va ularga qat`iy rioya etadi.

“Shu o`rinda, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikdan holatga xolisona baho berishlarini, jarayonni noo`rin ayblovlar bilan yoritmasliklarini so`rab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar