AsosiyJinoyat

Buxoroda erkak ukasini pichoqlab o`ldirdi

'Buxoroda erkak ukasini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Joriy yilning 8 fevral kuni I.H. (erkak) Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi uyida soat 18:30 atrofida ukasi E.H. bilan ovqatlanib, birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib, mastligi natijasida o`rtalarida janjal kelib chiqqan.

Janjal oqibatida aka ukasini qasddan o`ldirish maqsadida, yashash xonadonidagi oshxona pichog`i bilan uning hayoti uchun muhim tana a`zolari, ya`ni, o`ng qo`l bilak yuqori uchi sohasi va ko`krak qafasiga urib, og`ir tan jarohati etkazganida qo`lidagi oshxona pichog`ining tig`i E.H.ning ko`krak sohasida sinib qolganidan so`ng u oshxonadan yana boshqa pichoqni olgan vaqtida uyga etib kelgan guvohlar tomonidan to`xtatib qolingan.

Jabrlanuvchi E.H. ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay hayoti uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari oqibatida joriy yil 13 fevral kuni tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Shu yilning 3 iyun kuni Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo`yicha G`ijduvon tuman sudida marhumning akasi I.H.ga doir sud ishi ko`rib chiqildi va unga nisbatan sud hukmi o`qildi.

Sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi I.H. JKning 97-moddasi 1-qismida (qasddan odam o`ldirish) ko`rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan shu modda bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar