AsosiyJamiyat

Maosh 1300 dollardan boshlanadi

'Maosh 1300 dollardan boshlanadi'ning rasmi

O`zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.

Sohalar:

− g`isht teruvchi (kamenshik) - 1300$;
− tashqi qoplama montajchisi (montajnik navesnx fasadov) - 1300$;
− alyuminiy romlarni o`rnatish (ustanovshik alyuminievx okonnx ram) - 1300$.

Nomzodlar uchun talablar:

G`isht teruvchi:

- Metal konstruksiyalar uchun g`isht terish tajribasi;

- Poydevor, yuk ko`taruvchi devor va bo`laklar, ustun, kamar, tonozlarni qurish malakasi;

- konstruksiyalar uchun prefabrik temir-beton elementlarini birlashtirish;

- rus tilini bilish.

Tashqi qoplama montajchisi:

- fasad keramikasi - lamenam, alyuminiy-plastmassa kompozit materiallar bilan ishlash tajribasi;

- rus tilini bilish.

Alyuminiy romlar o`rnatish mutaxassisi

- Duradgorlik sohasida tajriba;

- Deraza va oyna o`rnatish tajribasi;

- rus tilini bilish.

Umumiy talablar:

- oilali, 25-35 yoshdagi erkaklar;

- sudlanmagan;

- sohada kamida 5 yillik tajriba.

Ish beruvchi hisobidan:

- Yashash joyi;

- Aviachipta;

- Ish ruxsatnomalarini ro`yxatdan o`tkazish;

- Oziq-ovqat.

Fuqaro hisobidan:

- Agentlik xizmati, o`qitish va ko`niktirish uchun;

- viza to`lovi.

Ro`yxatdan o`tish (g`isht teruvchi);
Ro`yxatdan o`tish (tashqi qoplama montajchisi);
Ro`yxatdan o`tish (alyuminiy romlarni o`rnatish mutaxassisi)

7 iyul soat 18:00 ga qadar ro`yxatdan o`tish mumkin.

    Boshqa yangiliklar