Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024 yilning dastlabki 6 oy davomida 1562 nafar xotin-qiz va ularning voyaga yetmagan farzandlari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilganini ma’lum qildi.
"Ushbu markazlarda xotin-qizlar va ularning farzandlariga tibbiy, psixologik va huquqiy yordamlar ko‘rsatildi. Ularga nafaqat jismoniy va ruhiy tiklanishga ko‘mak berildi, balki yangi hayot boshlashlari uchun imkoniyatlar yaratildi.
Kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi bor ayollar orasidan 69 nafari maxsus tayyorgarlik kurslarida tahsil oldi va ularning 30 nafari ish bilan ta’minlandi", deyiladi Agentlik hisobotida.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar Ishonch raqami "1146" ga, yagona dispetcherlik xizmati “112” hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.






