Andijonda salkam 1 kgga yaqin tillani noqonuniy olib kirayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi "Do‘stlik" chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro X.S. ning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otganligi sabab o‘rnatilgan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Natijada fuqaroning egnidagi kiyimlarining ichki qismiga yashirilgan, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyalanmagan, 729.8 gramm og‘irlikdagi, qiymati 401 million so‘mlik zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.
"Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda",- deyiladi xabarda.