O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi mamlakat fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
Unga ko‘ra, profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2024 yilning 5-10 avgust kunlari O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi konsullik bo‘limi fuqarolarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatadi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.