Zafarbek Bahadirovich Matnazarov Xorazm viloyati Yangiariq tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Matnazarov 1986 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Tayinlovga qadar Qo‘shko‘pir tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Shuningdek, Ruslan Xajibayevich O‘razbayev shu viloyatning Gurlan tumaniga hokim etib tasdiqlandi.
O‘razbayev 1979 yilda tug‘ilgan, 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Qayd etilishicha, har ikki nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining milliy kadrlar zaxirasidan tavsiya etildi.