AsosiyJamiyat

Buxoroda YPX xodimi pul mukofoti bilan taqdirlandi

U haydovchining "tanish-bilishchilik" taklifini rad etgan.

'Buxoroda YPX xodimi pul mukofoti bilan taqdirlandi'ning rasmi

Buxoroda haydovchining "tanish-bilishchilik" taklifini rad etgan YPX xodimi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda Buxoro YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi "tanish-bilishchilik" qilib javobgarlikdan qutilmoqchi bo‘lgan haydovchining telefonini o‘chirib ko‘yganligi aks etgan video tarqalgan.

Ushbu videoda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani IIB JXX YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori safdor Sunnat Ergashev ekanligi aniqlandi. O‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashgani uchun IIV JXD YHXX rahbariyati tomonidan 3 000 000 so‘m pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.

"Tizimda mana shunday xodimlar ko‘payaversin. Biz ham u kabi vijdonan xizmat olib borayotgan xodimlarni xalqga ko‘rsatishdan charchamaymiz", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar