AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Ushbu faxriy nishon mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun berildi.

'Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o‘rtasidagi do‘stlik, qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e’tirofi ekanini ta’kidladi.

  • Siyosiy iroda va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bugun Markaziy Osiyo qo‘shnichilik, o‘zaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmoqda, - dedi Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida.

Muvofiqlashtirilgan faoliyat natijasida tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ko‘paydi, keng ko‘lamli hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda, chegaraoldi savdo hududlari, qo‘shilgan qiymat zanjirlari, zamonaviy transport va energetika infratuzilmasi barpo etilmoqda.

Birdamlik va mintaqaviy o‘ziga xoslik tuyg‘usi tobora mustahkamlanib bormoqda. Eng muhimi, ushbu ijobiy o‘zgarishlarni mintaqa mamlakatlari fuqarolari o‘z kundalik hayotida his qilmoqda.

Xalqaro subyektlikning mustahkamlanishi va mintaqaning yuqori jozibadorligi tufayli Markaziy Osiyo iqtisodiy faollik markaziga, Sharq va G‘arb, Shimol va Janubni bog‘lovchi transport-kommunikatsiya ko‘prigiga aylanayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari muhim tashabbus va qarorlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida mintaqa mamlakatlarining yaqinlashuv jarayoni barqaror, izchil va ortga qaytmas tus olganini alohida ta’kidladi.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev yetakchilarga yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Markaziy Osiyoni tinch va farovon hududga aylantirish O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi bo‘lib qolishini ta’kidladi.

Boshqa yangiliklar

''ning rasmi

Siyosat Bugun 12:27

'Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi'ning rasmi

Siyosat Bugun 03:52

Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveytsariyaning Syurix shahriga etib keldi.

'Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi'ning rasmi

Siyosat 21.01.2026 14:13

Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi

Prezident ushbu tashrif doirasida Donald Trampning taklifiga binoan Tinchlik Kengashi nizomi imzolanish marosimida ishtirok etadi.

'Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

Siyosat 19.01.2026 15:04

Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

'Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi'ning rasmi

Siyosat 15.01.2026 13:05

Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi

Fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.

'Turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.'ning rasmi

Siyosat 15.01.2026 04:28

Turizm va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalar taqdim etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev turizm, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan qator yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.