AsosiySalomatlik

Suyak to‘qimalarini innovatsion usulda tiklash yo‘li topildi

Yangi muolaja bo‘g‘imlarni operatsiyasisiz davolashda qo‘l keladi.

'Suyak to‘qimalarini innovatsion usulda tiklash yo‘li topildi'ning rasmi

AQSHning Shimoli-G‘arbiy universiteti olimlari suyak to‘qimalarini tiklashning yangi usulini topdi. Tadqiqot natijalari “PNAS” xalqaro ilmiy jurnalida chop etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati xabar berdi. 

 Qayd etilishicha, olimlar kimyoviy modifikatsiyalashgan peptid, gialuron kislotasi va polisaxarid aralashmasidan tayyorlangan innovatsion vosita ishlab chiqdi. Bu ishlanma yangi suyak to‘qimalarining o‘sishida yuqori samara beradi.

 Tajriba sinovlari davomida jonivorlarning tizza bo‘g‘imlariga ushbu yangi biofaol birikma kiritildi va olti oy davomida ularning holati kuzatib borildi.

 Natijalar ijobiy bo‘ldi: biofaol kompozitsiya bo‘g‘imlar salomatligini saqlashda asosiy rol o‘ynaydigan tegishli kollagen va proteoglikanlarga boy yangi to‘qimalar shakllanishiga yordam berdi.

 Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yangi muolaja usuli artroz, sport jarohatlari va bo‘g‘imlarni operatsiyasisiz davolashda qo‘l keladi. U tegishli klinik sinovlardan so‘ng tibbiy amaliyotga keng tatbiq etilishi mumkin.

Boshqa yangiliklar