AsosiyJamiyat

Toshkentdagi 22-sonli bolalar uyida bir bola "samosud" qilindi(mi?)

darakchi.uz'ga mexribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchisi aloqaga chiqdi.

'Toshkentdagi 22-sonli bolalar uyida bir bola "samosud" qilindi(mi?)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi 22-sonli bolalar uyidagi bir bola "samosud" qilingani aks etgan video keng tarqaldi. 

Voqea yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi rasmiy munosabat bildirib, holat nazoratga olinganini ma’lum qilgandi. 

darakchi.uz ham saytning tezkor (@darakchi.uz/live) kanalida bolalar uyida qilingan "samosud" videolarini joylashtirgan edi. Shundan so‘ng ko‘p o‘tmay, Mexribonlik uyining sobiq tarbiyalanuvchilaridan biri, hozirda huququshunos, bola huquqlari bo‘yicha faol bo‘lib ishlaydigan Shermuhammad Dehqonov biz bilan aloqaga chiqdi. Uning aytishicha, 22-sonli "detdom"da bir necha yil avval ham shu kabi voqealarga guvoh bo‘lgan va u bu haqida Prezidentga murojaat yo‘llagan. 

"Ilgari shaxsan o‘zim shu 22-mehribonlik uyiga borganman. Direktori juda qo‘pol aynan yangi tayinlangani bilan gaplashib nomunosibligini bilganman. Milliy gvardiya xodimi esa sen siyosatga aralashma kuningni ko‘rsataman hali seni degandi. Sen ham uzoqqa bormaysan deb qora qozonini o‘ylab indamagan edim. Hurmatli Prezident bular siz bergan ishonchni suiste’mol qilmoqda. "Detdom"larni batamom yopish zarur. 

Farg‘onada bilasiz "detdom"lar yopildi. Toshkent 22-"detdom"iga borgan Farg‘onaliklar ham tarbiyachilar urushini aytganida darhol direktorini oldiga kirganman. Bolani hamma joyi ko‘karib yotgan edi. Hamma bola yangi direktor Dilfuzaga qaysi tarbiyachi urganini aytsada unga chora ko‘rilmadi. Milliy gvardiya xodimi esa bosim qilishdan boshqani bilmadi. 

Tarbiyachilar o‘zi urmaydi. Odatda bolalarni bitiruvchilarga urdiradi. Shu bilan jazodan qutuladi. Bu esa mehribonlik uyida tarbiya tugur boshqaruv nazorati, bolaparvar siyosat yo‘qligidan darak. 

Savol: shuncha ishlar bo‘lyapti ekan Milliy gvardiya qayerga qarayapti. Demak oyligini halollab olmayapti ekan. Harbiy prokuraturadan qonuniy chora ko‘rishini so‘rayman",- deyiladi murojaatda. 

 (Murojaat tahrirsiz berildi)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar

'Zoir Mirzayev Sanoat gigiyenasi xodimlarini ishdan bo‘shatish kerakligini aytdi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 09:56

Zoir Mirzayev Sanoat gigiyenasi xodimlarini ishdan bo‘shatish kerakligini aytdi

Toshkent viloyat hokimi 2 mingga yaqin bola zaharlanaganidan soʻng "SES" rahbariyatini toʻliq ishdan olishni talab qildi.

'Izhro hokimiyatida 2 mingdan ortıq ish o‘rni qisqartiriladi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 08:26

Izhro hokimiyatida 2 mingdan ortıq ish o‘rni qisqartiriladi

Eng koʻp qisqartirish Soliq qoʻmitasida amalga oshiriladi.

'Xotirjida avtomashina gaz quvurini urib yubordi'ning rasmi

Jamiyat Bugun 08:22

Xotirjida avtomashina gaz quvurini urib yubordi

Hodisa sababli tumanda 12 ta mahalla gazsiz qoldi.

'O‘zbekistonda Meta kompaniyasining ofisi ochilishi mumkin'ning rasmi

Jamiyat 07.10.2025 22:00

O‘zbekistonda Meta kompaniyasining ofisi ochilishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu haqda xabar berdi.

'Oʻzbekistonda qirq mingdan ortiq fuqaro bir martalik nafaqa oldi'ning rasmi

Jamiyat 07.10.2025 18:37

Oʻzbekistonda qirq mingdan ortiq fuqaro bir martalik nafaqa oldi

Fuqarolarga 47,9 milliard so‘m miqdorida pul mablag'i to‘langan.

'O‘quvchilarning peshonasiga "2" qo‘ygan o‘qituvchi jazolandı'ning rasmi

Jamiyat 07.10.2025 18:17