AsosiyDunyo

Sun’iy intellekt inson umrini uzaytirishi mumkin(mi?)

Olimlar yangi texnologiya ustida ishlashmoqda.

'Sun’iy intellekt inson umrini uzaytirishi mumkin(mi?)'ning rasmi

Ularning fikricha, sun’iy intellekt va inson intellekti birlashishi odamlarning uzoq umr ko‘rishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda zamon.uz xabar berdi. 

Mutaxassislar insoniyatni rivojlanishning yangi darajasiga olib chiqadigan va umr ko‘rish davomiyligini sezilarli darajada oshiradigan texnologiyani yaratish ustida uzoq vaqtdan beri tajriba olib borishmoqda.

2045 yilga borib, miyaga kiritilgan nano-botlar yordamida odamlar o‘zlarining aql-idroklarini million marta oshirishi mumkinligi aytilmoqda.

Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, inson va sun’iy intellektning bunday birlashishi haqiqatan ham muqarrar va bu tibbiyotda misli ko‘rilmagan yutuqlarga olib keladi.

2030 yillarning boshiga kelib odamlarning umr ko‘rish davomiyligini bosqichma-bosqich oshirishga yordam beradigan texnologiyalar ustida ish olib boriladi. Lekin bu insoniyatning abadiy hayotga ega bo‘lishiga kafolat bermaydi.

    Boshqa yangiliklar