AsosiySiyosat

Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy qiymati 874 million dollarlik 470 ta loyiha amalga oshirilmoqda

Davlatimiz rahbari ishbilarmonlarga har tomonlama madadkor bo‘lib, loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

'Qoraqalpog‘iston Respublikasida  umumiy qiymati 874 million dollarlik 470 ta loyiha amalga oshirilmoqda'ning rasmi

Oxirgi 7 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17 trillion 800 milliard so‘mlik 6 ming 784 ta loyiha amalga oshirilgan. Ularning natijasida 56 mingta ish o‘rni yaratilgan. Shu davrda 2 milliard 815 million dollarlik eksport qilingan. Bu yil respublikada umumiy qiymati 874 million dollarlik 470 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Bu izchil davom ettirilib, Qoraqalpog‘istonda xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 9,5 milliard dollarlik 124 ta loyiha shakllantirilgan. Shundan qariyb 1 milliard 800 million dollarlik 10 tasi davlatimiz rahbariga taqdimot qilindi.

Loyihalarga Xitoy, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Rossiya, Ispaniya kabi mamlakatlar kompaniyalari investitsiya kiritmoqda. Ular energetika, issiqlik ta’minoti, tog‘-kon va kimyo sanoati, qurilish materiallari, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab olgan.

Masalan, Saudiya Arabistoni bilan hamkorlikda Nukus shahrida markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, Ispaniya investitsiyasi ishtirokida Qorao‘zak tumanida quyosh va shamol elektr stansiyalari qurish, germaniyalik investorlar tomonidan Nukus tumanida misni qayta ishlash va kabellar ishlab chiqarish loyihalari rejalashtirilgan.

Mazkur 124 ta loyiha natijasida 20 mingdan ortiq aholi ish bilan ta’minlanadi.

Davlatimiz rahbari ishbilarmonlarga har tomonlama madadkor bo‘lib, loyihalarni jadallashtirish muhimligini ta’kidladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 11:05

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga yetib bordi

    Davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri kutib oldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat17.09.2024 08:19

    Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston Prezidenti Ostonada "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 18:38

    Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Ostonada bo‘ladi

    Prezident u yerda "Markaziy Osiyo – Germaniya" sammitida ishtirok etadi.

    'O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 12:53

    O‘zbekiston va Germaniya rahbarlari boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochdilar

    Mutasaddilar videoaloqa orqali yetakchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    '32 yil ichida ilk marta AQSH va O‘zbekiston bojxona xizmatlari rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi'ning rasmi

    Siyosat16.09.2024 11:19

    'Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi'ning rasmi

    Siyosat11.09.2024 20:57

    Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanadi

    Bosh prokurorning kambag‘allikni qisqartirishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat uchun mas’ul alohida o‘rinbosari tayinlandi