AsosiyJamiyat

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Shuningdek, sud Saidahmad Sultonovni 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qildi.

'Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Saidahmad Sultonov 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 2023 yil 16 dekabrdagi ajrimi bilan Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgani avval xabar berilgandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator moddalari, jumladan, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish kabi moddalar bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan edi.

13 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudida Saidahmad Sultonov ishi bo‘yicha sud hukmi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Namangan viloyatining sobiq o‘rinbosari Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismining “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Sud Saidahmad Sultonovni 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda, shu jumladan hokimlik tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, unga 7 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:41

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrif yakunlandi

    Prezident mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

    'O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:26

    O‘zbekistonda xalqaro darajadagi energetik kadrlar tayyorlanadi

    O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanmoqda va uning muvaffaqiyatli kelajagi ko‘p jihatdan yuqori malakali mutaxassislarning mavjudligiga bog‘liq.

    'Dollarning rasmiy kursi oshdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 16:06

    Dollarning rasmiy kursi oshdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:31

    Samarqandda ochiq ma’lumotlarni sir tutgan 3 ta hokimlikka chora ko‘rildi

    Samarqand viloyatida ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi holati o‘rganildi

    'O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 15:06

    O‘zbekiston Prezidenti Germaniya biznesi yetakchilari bilan qo‘shma uchrashuvda ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo va Germaniya" Investorlar va tadbirkorlar kengashini ta’sis etish tashabbusini ilgari surdi.

    '“Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat17.09.2024 14:14

    “Yangi O‘zbekiston: Zamon, makon va madaniy meros” deb nomlangan fotoko‘rgazma namoyish etilmoqda

    Ayni daqiqalarda IHTning Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligidagi tadbirlar boshlandi.